Kadrlar ishi — bitta oynada
Xodimlar bazasi, shtat jadvali, taʼtillar, tabel, buyruq va shartnomalar. Brauzerda ishlaydi — oʻrnatish shart emas, maʼlumot har kuni zaxiralanadi.
Karta va toʻlov soʻralmaydi · keyin oylik obuna — 300 000 soʻm
Har kuni 2 ta korxonada 170+ xodim hisobi shu dasturda yuritilmoqda
Kadrlar boʻlimidagi har kungi ishning hammasi
Excel jadvallari, Word shablonlari va qogʻoz jurnallar oʻrniga — bitta tartibli tizim.
Xodimlar bazasi
Shaxsiy maʼlumotlar, lavozim, maosh, buyruqlar tarixi. T-2 shakli va obyektivka bir tugmada chop etiladi.
Shtat jadvali
Boʻlim va lavozimlar boʻyicha shtat birliklari, boʻsh oʻrinlar va oklad — doim koʻz oldingizda.
Mehnat taʼtillari
Yillik taʼtil grafigi, hozir taʼtilda boʻlganlar, taʼtil buyrugʻi — tabelga oʻzi tushadi.
Ish grafiklari va davomat
Smenalar, ish rejimlari, yoʻqlama va imzo varaqlari belgilangan oy uchun tayyor holda.
Buyruq va shartnomalar
Oʻz blankingiz va Word namunalaringiz asosida buyruq, mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalar. Hammasi jurnalda saqlanadi.
Buxgalteriya
Ish haqi jadvali va tabel asosiy shartnoma boʻyicha ishlovchilar uchun avtomatik tuziladi.
Tashkiliy tuzilma
Rahbariyat va boʻlim boshliqlari sxemasi — oʻzingiz belgilab, tahrirlaysiz.
Mehnat kodeksi
Mavzu yoki soʻz yozing — tegishli moddalar chiqadi. Savolga javobni tez topasiz.
Excel va Word
Mavjud Excel roʻyxatlaringizni import qiling, istalgan hisobotni Excel yoki Word'ga chiqaring.
Ishonchli, xavfsiz va jamoa uchun
Har kimga oʻz huquqi
Har bir xodimga alohida login: «faqat koʻradi» yoki «oʻzgartiradi». Bir nechta korxona boʻlsa — kim qaysi korxonani koʻrishini belgilaysiz.
Bir vaqtda birga ishlash
Ikki kishi bir vaqtda kiritsa, maʼlumot yoʻqolmaydi. Aynan bir joyni oʻzgartirsa — tizim ogohlantiradi va qaysi biri qolishini soʻraydi.
Xatoni bekor qilish
Kim, qachon, nimani oʻzgartirgani jurnalda koʻrinadi. Xato oʻchirilgan maʼlumotni administrator bir tugma bilan qaytaradi.
Telegram bot
Tugʻilgan kun, taʼtil va shartnoma muddati haqida eslatmalar. Botga familiya yozsangiz — xodim kartochkasi keladi.
Har kungi zaxira
Har kecha maʼlumotlar bazasi parol bilan shifrlanib, administratorning Telegram'iga yuboriladi.
Maʼlumot Oʻzbekistonda
Server Oʻzbekistonda joylashgan, ulanish shifrlangan (HTTPS). Kompyuter, planshet yoki telefondan ishlaysiz.
Kadrlar boʻlimi — choʻntagingizda
Kompyuterga oʻtirmasdan muhim narsalarni bilib turasiz. Har kim faqat oʻziga ruxsat berilgan korxonani koʻradi.
- ☀️Har kuni ertalab eslatmaKimning tugʻilgan kuni, kim taʼtilga chiqadi yoki qaytadi, kimning shartnomasi tugayapti.
- 👤Familiya yozing — kartochka keladiLavozim, boʻlim, telefon, staj va hozirgi holati.
- 🏖Bir tugma bilan roʻyxatlarHozir taʼtildagilar va shu oy tugʻilgan kuni boʻlganlar.
↩️ Toshmatov Bekzod — ertaga taʼtildan qaytadi
📄 Qodirov Sardor — shartnomasi 7 kundan keyin tugaydi08:00
🗂 Maʼmuriyat
📅 Ishga kirgan: 15.10.2020 (staj: 6 yil)
Holati: ✅ Ishlayapti09:14
- Kadr dasturining barcha boʻlimlari
- Bir nechta korxonani yuritish
- Xodimlarga alohida login va huquqlar
- Telegram bot va eslatmalar
- Har kungi shifrlangan zaxira
- Texnik yordam va yangilanishlar
Boshlash oson
Koʻp soʻraladigan savollar
Bepul sinab koʻrsa boʻladimi?
Ha, 3 kun. «Bepul sinab koʻrish» tugmasini bosing, firma nomi va telefoningizni yozib, login va parol oʻylab toping — darhol kirasiz. Dasturni tez tushunishingiz uchun namunaviy 5 ta xodim qoʻshilgan boʻladi; ularni bitta tugma bilan tozalab, oʻz maʼlumotlaringizni kiritasiz. Karta yoki toʻlov soʻralmaydi.
Maʼlumotlarim qayerda saqlanadi?
Oʻzbekistondagi serverda. Har kecha toʻliq zaxira olinadi va parol bilan shifrlangan holda administratoringizning Telegram'iga yuboriladi — maʼlumot doim qoʻlingizda.
Kompyuterga biror narsa oʻrnatish kerakmi?
Yoʻq. Dastur brauzerda ishlaydi: niyyat.uz ga kirasiz va login, parolingizni yozasiz. Internet boʻlsa, kompyuter, planshet yoki telefondan foydalanish mumkin.
Hozirgi Excel roʻyxatlarimni koʻchirsa boʻladimi?
Ha. Xodimlar roʻyxatini Excel fayldan import qilasiz. Kerak boʻlsa, koʻchirishda yordam beramiz.
Bir nechta korxonani yuritsa boʻladimi?
Ha. Har bir korxona uchun alohida shtat jadvali, ish grafiklari va xodimlar bazasi yuritiladi. Har bir xodimga qaysi korxonani koʻrishini alohida belgilaysiz.
Toʻlov muddati oʻtib ketsa nima boʻladi?
Maʼlumotlaringiz oʻchmaydi. Muddat tugagach 3 kun davomida dasturni koʻrish mumkin, oʻzgartirib boʻlmaydi. Toʻlov qilingach hammasi avvalgidek davom etadi.